Kurs UZS

USD

12 953.20

15.09

EUR

14 058.11

-18.55

RUB

151.13

1.14

Nyu-Yorkda kuchli yong‘inlar ortidan favqulodda holat e’lon qilindi (video)

Olam

image

AQSHning Nyu-York shtati gubernatori Keti Xokul Long-Aylendda bir nechta kuchli yong‘in o‘choqlari aniqlangani sababli hududda favqulodda holat rejimi joriy etilganini e’lon qildi. Bu haqda u o‘zining X sahifasida ma’lum qildi.

Bildirilishicha, kuchli shamol ta’sirida tez tarqalayotgan yong‘inlar sababli NY 27 avtomagistrali yopilgan. Mazkur yo‘l Long-Aylendni Nyu-Yorkning boshqa hududlari bilan bog‘lab turadi. Tutun butun hudud bo‘ylab tarqalgan.

Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in kamida ikki binoni vayron qilgan, ulardan biri Frensis Gabreski aeroporti yaqinida joylashgan. Aeroport xodimlari vaqtincha evakuatsiya qilingan. Yong‘inni o‘chirish jarayonida bir nafar o‘t o‘chiruvchi jarohat olib, ikkinchi darajali yuz kuyishlari bilan shifoxonaga yetkazilgan. Hozircha aholini evakuatsiya qilish bo‘yicha qaror qabul qilinmagan.

Shu bilan birga, ob-havo ma’lumotlariga ko‘ra, shamol davom etishi va hatto kuchayishi kutilmoqda.

“Bu bir necha kun davom etishi mumkin va yong‘in hozirda yonayotgan hududlardan chiqib, yashash joylariga ham tarqalishi hech gap emas”, deya ogohlantirdi gubernator Xokul CNN telekanaliga bergan intervyusida.

Yong‘in o‘choqlaridan eng yaqin uy-joy massivigacha taxminan 4 km masofa bor.
 
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiyaning Ivate prefekturasi Ofunato shahridagi o‘rmon yong‘inlari oqibatida 80 dan ortiq uy zarar ko‘rgan edi. Shuningdek, shahar hokimiyati 3300 ga yaqin odamni evakuatsiya qilish to‘g‘risida buyruq bergan.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in N'yu-York

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing