Nyu-York markazida otishma sodir bo‘ldi. Kamida 5 kishi vafot etdi (video)
Olam
−
29 iyul 18151 1 daqiqa
Kecha, 28 iyul kuni AQSHning Nyu-York shahridagi osmono‘par binolardan birida noma’lum erkak otishma sodir etdi. Oqibatda kamida besh kishi, jumladan, bir nafar ayol politsiyachi halok bo‘ldi. Bu haqda “Fox News” xabar berdi.
Qayd etilishicha, gumonlanuvchi Manxetten markazidagi ofis binosida joylashgan Blackstone investitsiya kompaniyasi va Milliy futbol ligasi shtab-kvartirasi binosida o‘q uzgan.
“Kuzatuv kameralarida qora ko‘zoynak taqqan va qo‘lida miltig‘iga o‘xshash quroli bo‘lgan erkak binodan tashqariga kirib kelgani aks etgan. U avval bino vestibyulida, keyin yuqori qavatga ko‘tarilib odamlarni o‘qqa tutgan. So‘ng 33-qavatga chiqib, o‘z joniga qasd qilgan”, deyiladi xabarda.
Otishma vaqtida binodagi odamlar turli qavatlarda, oshxonada va hojatxonalarda yashiringan. “New York Post”ning yozishicha, hujumchi 27 yoshli erkak bo‘lib, manbalar uni Sheyn Tamara ismli shaxs ekanini aniqlagan. Manbalarning aytishicha, qurbonlar soni yana ortishi mumkin. Hozirda rasmiylar binoni to‘liq tintuvdan o‘tkazmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tailand poytaxtidagi oziq-ovqat bozorlaridan birida ham otishma yuz bergani, unda olti kishi, jumladan, to‘rt nafar qo‘riqchi halok bo‘lgani, hujumchining esa o‘z joniga qasd qilgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi