MYU Sanchoga jiddiy taklif jo‘natdi

Sport

image

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi nihoyat “Borussiya Dortmund” vingeri Jeydon Sancho transferi masalasida jiddiy yurish boshladi. Bu haqda “The Atletic” nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, mankunianlar o‘z vakilini Dortmund shahriga jo‘natgan va futbolchi uchun 80 million yevrogacha sarflashga tayyorligini bildirgan. Bundan tashqari, bu summa turli bonuslar bilan 100 millionga yetishi ma’lum qilingan. 

“Sariq-qoralar” rahbariyati hozirda MYU vakili bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. “Qizil iblislar” ushbu transferni Yevro-2020 turniri boshlangunga qadar hal qilishni maqsad qilgan. Yaqin kunlarda futbol muxlislari yana bir yirik transfer guvohiga aylanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Yunayted” Sanchoga bir necha mavsumdan beri qiziqish bildirib kelyapti, biroq dortmundliklar ular taklif qilgan narxga rozi bo‘lmayapti.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Yunayted

Baholaganlar

16

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing