MYU Ronaldu uchun qancha pul sarflagani ma’lum bo‘ldi

Sport

image

“Manchester Yunayted” Krishtianu Ronaldu tansferi uchun “Yuventus”ga 15 million yevro to‘laydi, qo‘shimcha 8 million bonus sifatida taqdim etiladi.

Bugun, 30 avgust kuni u “Manchester Yunayted” uchun  tibbiy ko‘rikdan o‘tdi.

36 yoshli hujumchi ingliz klubi bilan ikki mavsumga shartnoma imzoladi. Bitim yana bir yilga uzaytirilishi mumkin. Avvalroq, Ronaldu haftasiga 480 ming funt maosh bilan Premer-ligada eng serdaromad futbolchi bo‘lishi ma’lum bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 29 avgust kuni “Vulverxempton” ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng, “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogba Krishtianu Ronalduning jamoaga qaytganidan xursand ekanligini aytib o‘tgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

APL Manchester Yunayted Yuventus Krishtianu Ronaldu

Baholaganlar

1172

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing