MYU “Real”dan 18 yoshli iste’dodni ilib ketmoqda

Sport

image

Madridning “Real” klubi anchadan beri qiziqish bildirayotgan Fransiyaning “Lill” klubi himoyachisi Leni Yoro faoliyatini Angliyaning “Manchester Yunayted” klubida davom ettirishga yaqin turibdi. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano X sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, “Real” Yoro uchun 30 million yevrodan ortiq pul berishni istamagan. “Manchester Yunayted” esa “Lill” xohlayotgan 50+12 mln yevro ko‘rinishidagi summani to‘lashga rozi bo‘lgan. 

Futbolchini PSJ ham o‘z safiga qo‘shib olishni istayotgandi, “qaymoqranglilar” esa Yoro uchun kurashda asosiy favoritga aylangandi, biroq yakunda 18 yoshli futbolchini “qizil iblislar” o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Yoro barcha turnirlarda 44 ta o‘yinda qatnashib, 3 ta gol urdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi. “Transfermarkt” portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, himoyachining bozor qiymati 50 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Manchester Yunayted Lill' Leni Yoro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made