“MYU” futbolchilari bosh murabbiy tayinlanishini xohlashmoqda
Sport
−
05 mart 2019
7067“Manchester Yunayted” futbolchilari jamoani vaqtinchalik boshqarib turgan Ole-Gunnar Sulsherni doimiy bosh murabbiy sifatida “Old Trafford”da qolishini xohlashayapti. Bu haqida The Telegraph nashri xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, futbolchilar norvegiyalik mutaxassisni to‘liq qo‘llab-quvvatlagan holda, uning qo‘l ostida yangi mavsumda katta muvofaqqiyatlarga erishishlariga ishonishmoqda.
Eslatib o‘tish joiz, Sulsher dekabr oyida Mourinoning iste’fosidan keyin “MYU”ni qabul qilib olgan edi. Uning qo‘l ostida jamoa APLda birorta o‘yinda ham mag‘lubiyatga uchrashmadi.