MU 129 yillik antirekordini takrorladi

Sport

image

Kecha, 19 aprel kuni “Manchester United” klubi Angliya Premer ligasi 30-turining qoldirilgan uchrashuvi doirasida “Liverpul” maydoniga safar qildi va 4-0 hisobida imkoniyatni boy berdi. Natijada, “qizil iblislar” o‘zining tarixiy antirekordlaridan birini qayd etdi.

Gap shundaki, APL doirasidagi ikki o‘yindan iborat qarama-qarshilik natijasiga ko‘ra, mankunianliklar mersisaydliklarga umumiy 0-9 hisobida imkoniyatni boy berishdi. 2021 yil 24 oktyabr kuni “Liverpul” “Old Trafford”da “Manchester United” ustidan yirik 5-0 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Bu “Manchester United”ning Angliya chempionati doirasida so‘nggi 129 yil mobaynida bitta raqib bilan o‘yindagi eng yomon natijasi hisoblandi. Ya’ni, 129 yil ichida hech qaysi raqib ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, qizil iblislarni 9-0 dan yirik hisobda mag‘lub eta olmagan.

“Manchester United” uchun chempionatda bundan ham yomonroq natija faqat bir marta qayd etilgan. 1892-1893 yilgi mavsumda "Sanderlend" bilan ikkita o‘yinda “Manchester United” 11-0 hisobida imkoniyatni boy bergan.

Ma’lumot o‘rnida, “Liverpul”dan uchralgan mag‘lubiyat “United”ning APL jadvalidagi ahvolini og‘irlashtirib qo‘ydi. “Qizil iblislar” 33 ta o‘yinda so‘ng, 54 ochko jamg‘arib, APLda oltinchi o‘rinni band etib turibdi. Bu ularga YeCHLga chiqish imkoniyatini bermaydi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Manchester Yunayted

Baholaganlar

235

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar