Mujtabo Xomanaiy yaralangani tasdiqlandi

Olam

image

Eronning yangi Oliy rahbari Mujtabo Xomanaiy yaralangan, biroq uning ahvoli yaxshi. Bu haqda Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Ismoil Bag‘oiy Italiyaning “Corriere della Sera” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“U yaralangan, ammo ahvoli joyida. U o‘zining ilk nutqi bilan qachon chiqish qilishini bilmayman”, deydi Bag‘oiy.

Shuningdek, u Oliy rahbarlik lavozimiga “uch-to‘rt nomzod” da’vogarlik qilganini, biroq Ekspertlar kengashi a’zolarining ko‘pchiligi Mujtabo Xomanaiyni tanlaganini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Mujtabo Xomanaiyning yaralangani haqida birinchi bo‘lib 7 mart kuni Isroilning “12-kanali” o‘z manbalariga tayanib xabar bergan edi. Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, u 28 fevral kuni – AQSH va Isroilning Eronga hujumi boshlangan birinchi kunda havo zarbasi oqibatida jarohat olgan. Keyinchalik “The New York Times” nashri Xomanaiy urushning birinchi kunida oyoqlaridan yaralangani, shu sababli u saylanganidan beri omma oldida ko‘rinish bermayotgani va hech qanday bayonot bermayotganini yozdi.

Eron yangi Oliy rahbar saylanganini 8 mart kuni e’lon qildi. 56 yoshli Mujtabo Xomanaiy – 28 fevral kuni Isroil-Amerika havo hujumi oqibatida halok bo‘lgan Ali Xomanaiyning ikkinchi o‘g‘lidir.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Isroil Mujtabo Xomanaiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing