Mujtabo Xomanaiy Rossiyada davolanmoqda – OAV
Olam
−
15:24 4057 1 daqiqa
Eronning yangi Oliy rahbari Mujtabo Xomanaiy sog‘liq holati va xavfsizlik sababli rus harbiy samolyoti bilan sirli ravishda Moskvaga yetkazilgan. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “Al Jarida” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, rahbariyatga yaqin manba Rossiya poytaxtida unga muvaffaqiyatli operatsiya o‘tkazilganini va hozirda u Prezident majmualaridan biridagi xususiy klinikada davolanmoqda.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, Xomanaiy 28 fevraldagi Eronga qarshi birinchi zarbalar paytida jarohat olgan. Davolanishni mamlakat ichida davom ettirish qiyin bo‘lgani uchun uni Moskvaga olib kelish qarori qabul qilingan.
“Avval Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Eron Prezidenti Masud Pezeshkiyan bilan telefon orqali suhbatda Xomanaiyni Rossiyada davolashni tashkil etishni taklif qilgan. Eron rasmiylari bu taklifni ko‘rib chiqib ma’qullagan”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 mart kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bilan telefon orqali suhbatlashgandi. Putin muloqotda AQSH va Isroil tomonidan Eronga qarshi olib borilayotgan hujumlarni zudlik bilan to‘xtatish zarurligini ta’kidlagan. U Yaqin Sharqdagi muammolarni kuch ishlatish orqali emas, balki muzokaralar yo‘li bilan hal qilishga chaqirgan.