“Mujtabo Xomanaiy ikkinchi o‘rinda”. Eronni kim boshqarmoqda?

Olam

image

Eronning sobiq oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyning urushning birinchi kunida o‘ldirilishi mamlakatda yangi tartib o‘rnatilishiga olib keldi. Bu tartibda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi ustunlik qilmoqda, uning vorisi bo‘lgan Mujtabo Xomanaiyning roli esa faqat qarorlarni legitimlashtirish (rasmiylashtirish) bilan cheklanib qolmoqda. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

1979 yilda tashkil etilganidan beri Eron Islom Respublikasi mutlaq hokimiyatga ega bo‘lgan oliy rahbar atrofida qurilgan edi. Ammo urushning birinchi kunida Oyatullohning o‘ldirilishi mamlakatda butunlay boshqa tizim shakllanishiga olib keldi. Bu tizimda korpus hukmronlik qilmoqda va unda kuchli, markaziy yetakchi yo‘qligi bilan ajralib turadi.

Xomanaiy o‘ldirilgach, uning o‘g‘li Mujtabo Xomanaiy Oliy rahbar sifatida tayinlangan, biroq uning roli generallar tomonidan qabul qilingan qarorlarni tasdiqlash bilan cheklanib qolgan, mustaqil buyruq berish vakolatiga ega emas. Bu haqda agentlikka uchta manba ma’lum qilgan.

Eron rasmiylari va tahlilchilarga ko‘ra, urush sharoiti hokimiyatni tor va qattiq doiraga jamlagan. Bu doiraga Milliy xavfsizlik oliy kengashi, oliy rahbar devoni va korpus kiradi. Aynan korpus harbiy strategiya hamda muhim siyosiy qarorlarda yetakchi rolni o‘z zimmasiga olgan.

Qayd etish joiz, Homanaiyning otasi o‘ldirilgach, uning o‘zi ham urushning birinchi kunida jarohat olganidan so‘ng, omma oldida ko‘rinmagan. U korpus yordamchilari yoki cheklangan audio kanallar orqali muloqot qiladi, deb xabar beradi uning yaqin atrofidagi ikki manba.

Garchi u rasman Erondagi eng yuqori lavozim egasi bo‘lsa-da, manbalarga ko‘ra, Mujtabo ko‘proq qaror qabul qiluvchi emas, balki ularni tasdiqlovchi shaxsga aylangan. Haqiqiy hokimiyat esa urush davridagi boshqaruv tuzilmasiga o‘tgan bo‘lib, uning markazida Milliy xavfsizlik oliy kengashi turadi.

Uning tayinlanishi korpus tomonidan qo‘llab-quvvatlangan va ular uni o‘zining qat’iy siyosatini himoya qiluvchi shaxs sifatida ko‘rgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Oyatulloh Ali Xomanaiy Mujtabo Xomanaiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing