Mo‘’jiza sari 10 bosqich: ikkinchi bosqich — sarguzashtning mo‘’jizasi

Biznes

image

Avvalroq so‘zlarning mo‘’jizaviy hislati, ya’ni mo‘’jizaviy dunyo bilan tanishib chiqishning birinchi uslubi haqida so‘z yuritdik. The Magic jamoasi tomonidan yozilgan, g‘aroyib tanga bilan dunyo bo‘ylab sayohat qilgan bolakayning sarguzashtlari haqida hikoya qilgan edik.

Shunday qilib, mo‘’jizaviy dunyoga sho‘ng‘ishni ikkinchi uslubini taqdim etamiz.

Venetsiyada o‘z restoraningizni yoki Parij shahrida o‘z butikingizni ochishni orzu qilganmisiz?

Endi orzularingizning barchasi Toshkent shahrida amalga oshadi!

Etiboringizga Markaziy Osiyoda tengi yo‘q — Magic City sayilgohining loyihasini havola qilamiz. Bu na kattalar va na bolalar zerikmaydigan, har biringiz sarguzashtning mo‘’jizasiga ishonch hosil qila oladigon oilaviy-ko‘ngilochar va mo‘’jizaga to‘la bo‘lgan eng katta majmua.

Umumiy maydoni 20 gektardan ortiq bo‘lgan Magic City hududida noyob ob’ektlar bunyod etilmoqda:

•    baliq va sudralib yuruvchilarning 100 dan ortiq turlari, ular orasida akulalar, skatlar, sakkizoyoqlar, meduzalar, piranyalar va moraylar bo‘lgan, O‘rta Osiyodagi birinchi okeanarium; 

•    Italiya va Germaniyadan keltirilgan 40 dan ortiq zamonaviy atraksionlar. Shu jumladan O‘zbekistondagi eng katta, balandligi 88 metrni tashkil etuvchi charxpalak;

•    oilaviy-ko‘ngilochar markaz;

•    umumiy maydoni 2 gektar bo‘lgan ulug‘vor akvapark;

•    har bir jajja mehmonlarimiz orzu qilgan kasblarini o‘zlashtirishi mumkin bo‘lgan mamlakat;

•    O‘zbekistondagi birinchi innovatsion lazerli va 450-ta o‘rindiqli kinoteatr;

•    Rim Kolizeyi uslubidagi amfiteatr;

•    1 km uzunlikdagi temir yo‘l bo‘ylab harakatlanadigan zamonaviy poyezd;

•    minoralarini balandligi 60 metrni tashkil etuvchi ertak qasri;

•    ko‘lning yuzasida suzuvchi kanoelar: ularda sayr qilayotgan vaqtda tashrif buyuruvchilar atrofdagi nihoyatda go‘zal manzaralardan bahra olish imkoniga egadirlar.

Tasavvur qiling, osoyishtalik hukm suruvchi, do‘stona muhit dunyosida har biringiz ertaklardagi qahramonlarga aylanib, mo‘jizaviy ishlarning guvoh bo‘layapsiz — bularning barchasi Magic City sayilgohida ro‘yobga chiqadi!

Hozirgi vaqtda ijaraga berilayotgan hududlar, dunyoning mashhur — Rim, Parij, Berlin, Barselona, Moskva, Misr, Praga, London, Venetsiya, Amsterdam va Vena poytaxtlari sifatida aks ettirilgan. Bu yerda umumiy maydoni 50 dan 1000 kv metrgacha bo‘lgan do‘konlar, butiklar, kafelar, restoranlar va boshqa ob’ektlar joylashgan. Ular orasida sizning shaxsiy muassasangiz bo‘lishi mumkin!

 

Ayni paytda LC Waikiki, DeFacto va KFC kabi xalqaro brendlar ijarachilarimiz qatorida bo‘lishga muvaffaq bo‘lishdi. Bundan tashqari, sayilgohni yaratishda Italiyaning Zamperla ko‘ngilochar kompaniyasi, suv slaydlari va akvaparklar ishlab chiqaruvchi Polin Waterparks turk kompaniyasi, Sega Corporation xalqaro kompaniyasi, bouling sohasidagi dunyodagi yetakchi QubicaAMF kompaniyasi, Belgiyaning Barco texnologiya kompaniyasi, Dome+Partners xalqaro me’morchilik va dizayn kompaniyasi ishtirok etmoqda.

Sayilgohdagi barcha ko‘p yillik daraxtlar saqlanib qolgan, shuning uchun kunning istalgan vaqtida bu yerda dam olish qulay bo‘ladi. Bundan tashqari, soyali xiyobonlar biznes uchun muhim qo‘shimcha hisoblanadi: yoyilgan novdalar soyasida siz kafe va restoranlar uchun qulay terrasalarni tashkil qilishingiz mumkin.

Imkoniyati cheklanganlar uchun barcha sharoitlarni yaratishda alohida e’tibor qaratilmoqda, shu jumladan ko‘zi ojizlar uchun mo‘ljallangan yo‘llar va nogironlar aravachasida bo‘lganlar uchun rampalar o‘rnatilmoqda.

Loyihaning yana bir afzalligi maskan atrofida harakatlanadigan va sizni sayilgohga olib boradigan avtobus mavjudligi. Magic City'ning keng hududi bo‘ylab golfkarlar tashrif buyuruvchilarni avtoturargohdan sayilgohning kerakli joyiga olib borish uchun aylanib yuradi.

Markaziy Osiyoda o‘xshashi bo‘lmagan ob’ektlar, sayilgohning tematik va ko‘ngilochar dasturining mavzusini muntazam ravishda o‘zgarilishi, umumiy maydoni 8 500 kv metrni tashkil etuvchi musiqiy favvora, har haftaning oxirida aql bovar qilib bo‘lmaydigan salyutlar — bularning barchasi sayilgoh kuniga 50 mingdan ziyod mehmonlarni jalb qilishini ta’minlaydi.

Magic City — bu biznesingiz uchun hudud! Har biringiz sayohatlar mo‘’jizasiga ishonch komil qila oladigon, butun jahonga mashhur bo‘lgan ko‘chalar bo‘ylab sayr qilish va dunyoning mo‘’jizalarini ko‘rishingiz mumkin bo‘lgan makon biznesingiz uchun joy bo‘lishi mumkin!

Magic City loyihasi The Magic kompaniyasiga tegishli. 

 

Hamkorlik va ijaraga olish uchun quyidagi telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qiling: +998 71 202 77 99.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Magic City

Baholaganlar

45

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing