Muzaffar Rajabov yana bir lavozimga tayinlandi

Sport

image

O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Muzaffar Rajabov yangi lavozimga tayinlandi. Bu haqda kecha, 16 iyul kuni Buxoro shahrida ATF Championship hamda Open FC promoushenlari hamkorligida tashkil etilgan qo‘shma turnirda ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, ATF Championship asoschisi Muzaffar Rajabov kecha, 16 iyul kuni bo‘lib o‘tgan musobaqa davomida tadbirga mehmon sifatida kelgan O‘zbekiston pankration va greppling assotsiatsiyasi raisi Hojiakbar Hakimov tomonidan assotsiatsiyaning Buxoro, Navoi va Samarqand viloyatlari bo‘limiga rahbar etib tayinlangan.

Ma’lumot uchun, Buxoroda nafaqat MMA balki kikboksing va qo‘l jangining rivojiga o‘z xissasini qo‘shib kelayotgan, Radjabov endilikda yuqorida nomi keltirilgan hududlarda pankration va grepplingni ham rivojlantirishga mas’ul hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Muzaffar Rajabov MMA assotsiatsiyasi pankration va greppling

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar