Mo‘ynoq aholisiga 5 mln so‘mdan yordam puli tarqatilmoqda

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘istonning Orol dengizi qurishidan eng ko‘p zarar ko‘rgan Mo‘ynoq tumani aholisiga 5 million so‘mdan bir martalik yordam puli tarqatilmoqda. Bu haqda tuman hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

“Orol dengizi fojiasi oqibatlaridan hammadan ko‘p jabr ko‘rgan Mo‘ynoq tumani xalqini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash Prezidentimizning e’tiborida. Shuning uchun tumanning har bir aholisiga 5 mln so‘mdan moliyaviy yordam ko‘rsatilmoqda”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, aholi ushbu bir martalik yordam pullarini QFY kesimidagi sayyor kassalarda va “Xalq banki”ning Mo‘ynoq tuman filialidan olishi mumkin. Shuningdek, ba’zi oilalarga yordam pullari avtomashinalarda tarqatilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

122

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing