Mutaxassis uyda router qo‘yish uchun eng xavfli joylarni aytdi
Foydali
−
10 fevral 2021
10374Wi-Fi sifati va tezligi routerning uyning qayerida joylashganiga ham bog‘liq. Bu borada mutaxassis-ekolog Anton Yastrebsev foydali maslahatlar berdi.
Unga ko‘ra, routerni imkon qadar odam yashamaydigan xonaga qo‘yish kerak.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, router uch metr radiusda elektromagnit nurlanish hosil qiladi.
Shuningdek, qurilmani ish stoliga qo‘ymaslik kerak, chunki u kompyuterga yaqin turgani sababli aloqa yaxshi bo‘lmaydi va bunday holat inson salomatligiga ham aks ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Xuddi shu sababga ko‘ra, routerni yotoqxonaga, ayniqsa bosh tarafga o‘rnatish mumkin emas.
Mutaxassis uni koridorga yoki kvartiraning boshqa biron-bir burchagiga joylashtirishni tavsiya qilgan.
LiveBarchasi