Mutaxassis O‘runov haqida: “U oddiy narsalardan ham xafa bo‘lar edi”

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Jafar Irismetov Oston O‘runovning “Ural”dan ketishi haqida fikr bildirdi.

“Oston biroz og‘ir xarakterga ega. “Paxtakor”da to‘p tepganida u bilan ishlash juda qiyin kechardi. Uning shartnomasida ketishi mumkinligi haqida band bor edi. Men uni uzoq vaqt ko‘ndirmoqchi bo‘ldim, ammo uddasidan chiqa olmadim. 16 yoshligida Oston oddiy narsalardan ham xafa bo‘lardi. “Paxtakor”ning asosiy jamoasi bilan mashg‘ulotlarda, o‘yinlarda qatnashmaganidan ranjigandi. “Spartak” uning jamoasi emasligi aniq edi. “Ufa”da u yaxshi o‘ynayotgandi, ammo “Spartak”ga o‘tish omadsiz chiqdi. OAV O‘runov “Ural”da murabbiy bilan ziddiyatga borganligini yozdi. Maydonda kam o‘ynash Ostonni xafa qiladi, uning tabiati shunaqa”, deydi Irismetov.

Avvalroq, O‘runov “Sochi” bilan bahsda zaxiradan maydonga tushishni istamaganligi uchun “Ural” murabbiyi bilan janjallashib qolgani xabar qilingandi.

Ma’lumotlarga qaraganda O‘runov faoliyatini O‘zbekistonda davom ettirishi mumkin. Uning xizmatlariga Samvel Babayan murabbiyligidagi “Navbahor” jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'runov

Baholaganlar

39

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing