Mutaxassis: “O‘pka kasalligi bor bolalar maktab va bog‘chalarga bormasligi kerak”

Salomatlik

image

O‘zbekistonda yosh bolalarning o‘pka kasalliklari bilan kasallanish darajasi ortib bormoqda. Bu kasallik havo-tomchi yo‘li bilan yuqadigan virusli infeksiyalar ko‘paygan paytda shaxsiy gigiyena qoidalariga to‘liq amal qilmasligi sababli yuqishi mumkin.

Ushbu kasallik bilan kasallangan yosh bolalar maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlariga vaqtinchalik bormasligi kerak. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi bolalar bosh pulmonologi, tibbiyot fanlari doktori, professor Furqat Shamsiyev ma’lum qildi.

Professorning so‘zlariga ko‘ra, ushbu kasallik quyidagi hollarda ko‘payadi:

•  ota-onalar tomonidan farzandini uyda to‘g‘ri davolamaslik;

•  kasal holida ham bog‘cha, maktablarga yuborib boshqa sog‘lom bolalarga infeksiyani yuqtirishi;

•  bolada surunkali infeksiya o‘choqlarini vaqtida bartaraf etmasligi;

•  to‘g‘ri ovqatlantirmaslik;

•  bolaning ruhiy zo‘riqishi;

•  chiniqmaslik;

•  kam harakatlilik;

•  uzoq vaqt yopiq xonalarda o‘tirishi va virusli kasalliklar epidemiyasi vaqtida vaksinatsiya qilinmaslik.

Qayd etilishicha, bolada nafas olish a’zolarining o‘tkir yoki surunkali kasalliklari bo‘lsa, unda mahalla shifokori tomonidan belgilangan reja asosida bolalar pulmonologi ko‘rigidan o‘tib, ma’lum vaqt tibbiy nazoratda bo‘lishi kerak. Nafas a’zolari yengil kasallangan bolalar esa  bog‘cha va maktablarga qatnashlari mumkin.

“Nafas a’zolari kasalliklari bilan kasallangan bolalarni ota-onalar maktabgacha ta’lim muassasalariga va maktablarga yubormasliklari lozim, chunki yengil kasallangan bo‘lsa ham ular yuqumli hisoblanadi. Bunday holatlarda bola nafaqat o‘zini, balki yon atrofidagi insonlar va tengdoshlarini ham kasallikdan himoya qilishi lozim”, deydi Furqat Shamsiyev.

Ma’lum bo‘lishicha, bolalar 17 foiz adenovirus tashuvchi va 18 foiz mikoplazma tashuvchi  hisoblanadi. Bola kasallangan davrda ko‘proq suyuqlik ichishi, doimiy himoyalovchi niqobda yurishi, gigiyenik qonun qoidalarga rioya qilishi, qo‘lni sovunlab yuvishi yoki antiseptik vositalar bilan qo‘lni muntazam ravishda dezinfeksiya qilishi, yo‘talganda yoki aksa urganda og‘iz va burunni salfetka yoki tirsak bilan yopishi, odam ko‘p va gavjum bo‘lgan joylarga bormasligi kerak.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

45

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing