Mutaxassis epidemiologik jarayon to‘lqinlarga bo‘linmasligini aytdi

Olam

image

Ayni kunlarda koronavirus bilan kasallanish holatlarining ko‘payishi jamoat transportidagi keng oqim, kuzda organizmning infeksiyalarga moyilligi va D vitamini yetishmovchiligi bilan bog‘liq. Bu haqda Rossiyaning Gamaley nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya markazi rahbari Aleksandr Ginsburg aytib o‘tdi.

"Odamlar ta’tildan ish yoki o‘qishga qaytib, jamoat transportida faolroq harakatlana boshladilar. Kuz mavsumida D vitamini va interferonlar darajasining pasayishi ham kasallik yuqtirish holatini ko‘paytiradi", dedi Ginsburg. 

Shuningdek, Ginsburg "ikkinchi to‘lqin" atamasini epidemiologik jarayon bilan hech qanday bog‘liqligi yo‘qligini aytdi. 

"Epidemiologik jarayon ba’zan ko‘tariladi, ba’zan tushadi", deb tushuntirdi Ginsburg. 

U epidemiologik jarayonni to‘lqinlarga bo‘linishini, birinchi marta, COVID-19 pandemiyasi davrida eshitganini tan oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

75

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing