Mustaqillik maydonidagi daraxt Cobalt`ni bosib qoldi

Jamiyat

image

Avvalroq, bugun, 8 iyun kuni Toshkentda qayd etilgan kuchli shamol oqibatida bir qancha daraxtlar yo‘l bo‘yiga va ayrim harakatlanib ketayotgan avtomobillar ustiga ag‘darilgani haqida xabar bergan edik. 

Shunga o‘xshash navbatdagi holat poytaxt Toshkentning Sharof Rashidov ko‘chasida qayd etildi. Kuchli shamol oqibatida katta daraxt yo‘l bo‘yida turgan Cobalt rusumidagi avtomobilning ustiga ag‘darilgan. 

O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasining shundoqqina biqinida sodir bo‘lgan ushbu holat natijasida Cobalt avtomobili tanib bo‘lmas darajaga kelib qolgan. Mazkur baxtsiz hodisada jabrlanganlar haqida aniq ma’lumotlar mavjud emas. Ammo avtomobil tom qismida juda og‘ir shikastlangan. 

Bugun qayd etilgan kuchli shamol natijasida birgina Toshkent shahrida 10 dan ortiq avtomobillar zarar ko‘rgan. Biroq, hozirga qadar na Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi va na sug‘urta kompaniyalari bu haqda rasmiy ma’lumot taqdim etgani yo‘q. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

62

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing