Mustaqillik bayrami kunlari Toshkentda jamoat transporti qanday ishlashi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yillik bayrami munosabati bilan Toshkent shahrida jamoat transporti qay tartibda ishlashi belgilandi. Bu haqda kecha, 23 avgust kuni “Toshshahartransxizmat” AJ ma’lumot berdi. 

 Unga ko‘ra, bayram va dam olish kunlarida jamoat transporti faoliyati quyidagicha tashkil etiladi:

•  1 sentyabr, payshanba – O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni, ishlanmaydigan bayram kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadval asosida;

•  2 sentyabr, juma – qo‘shimcha dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadval asosida;

•  3 sentyabr, shanba – odatiy dam olish kuni. Shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadval asosida;

•  4 sentyabr, yakshanba – odatiy dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

57

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing