Mustaqil O‘zbekiston tarixida yana bir GES foydalanishga topshirildi

Jamiyat

image

Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanidagi Tuyabo‘g‘iz suv ombori qoshida kichik GES ishga tushirildi.

“Xalq so‘zi”ning urg‘ulashicha, ushbu ob’ekt mustaqil O‘zbekiston tarixida foydalanishga topshirilgan birinchi GES ekanligi bilan alohida ahamiyatga ega.

GES loyihaviy qiymati 15,8 million dollarga teng.

Mutaxassislarning aytishicha, GESning umumiy quvvati 11,4 MVtga teng. Bu yiliga o‘rtacha 41,2 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi, 1 ming 600 ta xonadonning elektr tokiga bo‘lgan ehtiyoji qoplanadi.


Maqola muallifi

Teglar

GES elektr energiya

Baholaganlar

167

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing