Murodjon Ahmadaliyevning vaqtinchalik WBA kamari uchun jangi tasdiqlandi

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi Murodjon Ahmadaliyev navbatdagi jangini 14 dekabr kuni Amerikaning Monte-Karlo shahrida o‘tkazadi. Bu haqda “Matchroom” promouterlik kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘sha kuni 29 yoshli Ahmadaliyev meksikalik 27 yoshli Rikardo Espinosa Frankoga qarshi ringga ko‘tariladi. O‘n ikki raundga mo‘ljallangan jang yarimengil vaznda vaqtinchalik WBA kamari uchun bo‘lib o‘tadi.

“Ishga qaytayotganimdan mamnunman. Aftidan, bu P4P yulduzi, ya’ni Inoue hali katta chaqiruvlarga tayyor emas ekan. Mendan qochishda davom etaversin. Men baribir o‘zimga tegishli narsani qo‘lga kiritaman. Murodjonni kuting, dekabr ancha qaynoq bo‘ladi”, deydi Ahmadaliyev.

Ma’lumot uchun, Ahmadaliyev shu vaqtga qadar profboksda 13 marta ringga ko‘tarilib, janglarining 12 tasida raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan, 1 ta jangda esa imkoniyatni boy bergan. Rikardo Espinosa esa 34 marta ringga ko‘tarilib, 30 ta jangda g‘alaba qozongan, 4 ta bahsda mag‘lubiyatga uchragan.


Maqola muallifi

Teglar

boks Murodjon Ahmadaliev Rikardo Espinosa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing