Murodovning UFC’dagi jangi yakunlandi (video)
Sport
−
22 iyul 2023 16404 1 daqiqa
O‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodov navbatdagi jangida g‘alaba qozondi.
London shahrida o‘tkazilayotgan UFC Fight Night turniri doirasida Murodov amerikalik tajribali sportchi Brayan Barberanaga qarshi oktagonga ko‘tarildi. To‘liq uch raund ham o‘zbekistonlik jangchining ustunligida o‘tdi va hakamlar qaroriga ko‘ra, aynan Mahmud Murodovning g‘alabasi qayd etildi.
Shunday qilib Murodov UFC’dagi to‘rtinchi g‘alabasiga erishdi.
Shu vaqtga qadar sportchi promoushenda 5 ta jang o‘tkazgandi. Murodov hisobida 2 ta mag‘lubiyat ham mavjud.
Live
BarchasiNetanyaxu Tramp bilan telefonlashdi
24 aprel
Nyu-Yorkda cherkov yonib ketdi
24 aprel