Murodovning bo‘lajak jangi sanasi e’lon qilindi

Sport

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodovning navbatdagi jangi qachon, kimga qarshi o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi.

Murodov joriy yilning 22 iyul kuni London shahri mezbonlik qiladigan UFC Fight Night turnirida ishtirok etadi. Murodovga qarshi amerikalik Brayan Barberena oktagonga chiqadi.

Ma’lumot uchun, Brayan faoliyati davomida 28 ta jangda 18 marta g‘alabaga erishgan. U 10 ta to‘qnashuvda raqiblariga imkoniyatni boy bergan. Mahmud Murodov esa faoliyati davomida 33 ta jangda qatnashib, 25 tasida raqiblaridan ustun kelgan, 8 ta jangda esa imkoniyatni boy bergan.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik sportchi UFC'dagi oxirgi jangini o‘tgan yili oktyabr oyida Abu-Dabi shahri mezbonlik qilgan UFC 280 turniri doirasida o‘tkazgandi. O‘shanda u braziliyalik Kayo Borraloga ochkolar hisobi bo‘yicha imkoniyatni boy bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Mahmud Murodov Brayan Barberena

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made