Murodov oxirgi jangidan qancha foyda ko‘rdi?

Sport

image

London shahrida o‘tkazilayotgan UFC Fight Night turniri doirasida o‘zbekistonlik sportchi Mahmud Murodov amerikalik Brayan Barberanani mag‘lub etib, 71 ming dollar ishlab oldi. 

Manbaga ko‘ra, o‘zbekistonlik sportchiga 33 ming dollar kafolatlangan gonorar sifatida taqdim etilgan. Yana 33 ming dollar g‘alaba uchun, 5 ming dollar esa homiylar tomonidan berilgan.

Murodov mag‘lubiyatga uchratgan jangchi Brayan Barberana esa 222 ming dollar olgan. Amerikalik jangchi 9 yildan buyon UFC'da faoliyat yuritayotganligi sababli mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa ham, raqibidan ko‘proq foyda qildi. 

Faoliyati davomida Barberena Leon Edvards, Kolbi Kovington, Robbi Louler, Rafael Dos Anos kabi taniqli jangchilarga qarshi oktagonga ko‘tarilgan.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Mahmud Murodov Brayan Barberana

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing