Murodov Londondagi UFC turnirining asosiy kardida jang qilmaydi

Sport

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 22 iyul kuni Londondagi “O2 Arena”da UFC Fight Night turniri o‘tkaziladi. Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik jangchi Mahmud Murodov ham ishtirok etadi.

O‘sha kuni Murodovga amerikalik tajribali yakkakurash ustasi Brayan Barberena raqiblik qiladi. 

Dastlab UFC tomonidan Murodov-Barberena jangi turnirning asosiy kardida o‘tkazilishi ma’lum qilingandi, biroq sport insayderi Marsel Dorf e’lon qilgan postda Murodov-Barberena jangi prelim kardda o‘tkazilishini ko‘rish mumkin.

Ma’lumot uchun, Murodov faoliyati davomida 33 ta jangda ishtirok etib, ularning 25 tasida g‘alaba qozongan. Shuningdek, u UFCʼda 5 ta jang o‘tkazib, 3 tasida g‘alabaga erishgan. Brayan Barberena esa MMAʼdagi yurishlari davomida 28 ta jangda ishtirok etib, 18 marotaba raqiblaridan ustun kelgan. Mag‘lubiyatlari soni esa 10 tani tashkil etadi. U UFC'da 17 ta jang o‘tkazib, 8 tasida mag‘lubiyatga uchragan.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Mahmud Murodov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made