Ortiqxo‘jayev Murod Nazarovning deputatlik vakolatini muddatidan oldin tugatdi
Jamiyat
−
06 aprel 2022
52485O‘zbekistonlik taniqli tadbirkor, “Murad Buildings” kompaniyasi asoschisi va rahbari Murod Nazarov Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatligidan ketdi. Kecha, 5 aprel kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi Jahongir Ortiqxo‘jayev deputatlik mandatini tugatish to‘g‘risidagi qarorni imzolagan.
“Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga 39-Qozirobod saylov okrugidan saylangan deputat Nazarov Murodjon Taxirjanovichning o‘z arizasiga ko‘ra deputatlik vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblansin”, deyiladi qarorda.
Qaror bilan Murod Nazarov xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tarkibidan ham chiqarildi.
Murod Nazarovning deputatlik mandati tugatilgani haqidagi qaror xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga saylov o‘tkazuvchi shahar saylov komissiyasiga yuborilgan.
LiveBarchasi