“Murabbiy kechirim so‘rashi kerak”. Ferdinand Ronalduning vaziyatiga to‘xtaldi
Sport
−
12:37 818 2 daqiqa
Angliya terma jamoasi va “Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Rio Ferdinand Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezus va Krishtianu Ronaldu o‘rtasidagi mojaro haqida o‘z fikrini bildirarkan, bu vaziyatda Jezus Ronaldudan uzr so‘rashi kerakligini aytdi. Bu haqda afsonaviy ingliz himoyachisi o‘zining “Rio Ferdinand Presents” YouTube kanalida gapirdi.
“Murabbiy kechirim so‘rashi kerak, aks holda u ishdan bo‘shatiladi. U omma oldida: “Mana, men vaziyatni noto‘g‘ri baholadim”, deb aytishi kerak. Yaxshiroq muloqot orqali bularning barchasidan hal qilish mumkin edi. Agar muloqot to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganida, bu vaziyat bunday tus olmagan bo‘lardi, deb o‘ylayman. Siz Krishtianu Ronaldu bilan o‘tirib: “Men shunday ishlashni xohlayman. Agar siz buning bir qismi bo‘lishni istamasangiz, menga ayting. Lekin men ishlarni shu tarzda olib borishni xohlayman”, deyishimiz kerak edi.
Menimcha, u hali ham jamoaga hissa qo‘sha oladi. Savol shundaki, u asosiy tarkibda maydonga tushishi kerakmi yoki zaxiradan o‘yinga qo‘shilib, ta’sir ko‘rsatishi kerakmi. Bu muhokama qilinishi lozim bo‘lgan masala”, deydi Ferdinand.
Eslatib o‘tamiz, Millatlar ligasining ikkinchi bosqichidan so‘ng Ronaldu murabbiylar shtabi bilan yuzaga kelgan kelishmovchiliklar tufayli Portugaliya terma jamoasi yig‘inini tark etgan edi.
Jezus 41 yoshli hujumchini Norvegiyaga qarshi uchrashuvda maydonga tushirmagan va keyingi bahsda ham Ronaldu zaxirada qolishi mumkinligini aytgan.
Keyinchalik Jezus Ronaldu uchun terma jamoa eshiklari ochiqligicha qolishini, biroq futbolchidan uzr so‘rashni zarur deb hisoblamasligini ma’lum qildi. Ronaldusiz Portugaliya Millatlar ligasidagi uchta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozondi. Krishtianu esa “Al-Nasr” ixtiyoriga qaytib, klub bilan mashg‘ulotlarni boshladi.
Live
Barchasi