Murabbiy bo‘lishni istamayman, ammo Zidan ham shunday degandi – Messi
Sport
−
07 Oktabr 2022
2573Argentina terma jamoasi va Fransiyaning PSJ klubi futbolchi Lionel Messi kelajakda murabbiy bo‘lish niyati yo‘qligini, biroq Zineden Zidan ham xuddi shunday deb, kenyinchalik Yevropa chempionlar ligasida zafar quchganini aytdi. Bu haqda Messining so‘zlariga asoslanib, ESPN nashri xabar berdi.
"Nimaga erishganim haqida o‘ylamayman. Meni oldinda nimalar kutayotgani haqida o‘ylayman. Men murabbiy bo‘lmoqchi emasman, lekin Zinedin Zidan ham xuddi shunday degan edi. Biroq keyin murabbiy bo‘ldi va Chempionlar ligasida g‘alaba qozondi. Menga sport menejmenti, jamoani shakllantirish, murabbiyga yordam berish yoqadi. Ammo hali ham bularning barchasini yuz foiz bilmayman”, 35 yoshli argentinalik futbolchi.
Avvalroq, Messi Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati o‘zi uchun oxirgisi bo‘lishini aytgan edi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsum Lionel Messi PSJ safida 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma amalga oshirdi.