Munosabatlar “sovuq urush” davriga qaytdi – Medvedev AQSHning “yangi taktikasi”ni ma’lum qildi
Olam
−
24 aprel 2021
9698Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik Kengashi raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedev AQSH Rossiyadagi munosabatlarga ikki tomonlama yondashuvni tanlaganini aytdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Medvedovning so‘zlariga ko‘ra, Amerika ma’muriyatining yangi taktikasi bir qo‘li bilan muloqot qilish kerakliga ishora berish va boshqa qo‘li bilan bosimni kuchaytirishdir.
“So‘nggi yillarda Rossiya va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi munosabatlar raqobatdan qarama-qarshilikka o‘tdi. Go‘yoki, ular “sovuq urush” davriga qaytdi. Sanksiyalar, tahdidlar, ziddiyatlar, o‘z manfaatlarini himoya qilish bosimlari – bularning barchasi dunyoni doimiy beqarorlik holatiga tushirmoqda.
Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar uzoq vaqt davomida mana shunday holatda bo‘lsa, bu inqiroz deb ataladi. Bunday inqiroz munosabatlardagi yanada keskin davrlar – “inqirozlar inqirozi”ning paydo bo‘lishi uchun juda qulay zamindir.Bunday vaziyatda har qanday noto‘g‘ri qadam, sabr-toqatning yetishmasligi, har bir so‘zni strategik tushunish nafaqat ikki mamlakat, balki butun dunyoni eng qiyin muammolar tubiga tashlab, uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy to‘qnashuv tahdidi oldida qo‘yishi mumkin”, deydi Dmitriy Medvedev.
Ma’lumot uchun, 15 aprelda AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni joriy qildi. Ular 32 kishi va tashkilotga, shuningdek, davlat obligatsiyalarini dastlabki sotib olishga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Bundan tashqari, Vashington Rossiyaning o‘nta diplomatik vakolatxonasini mamlakatdan chiqarib yuborishini e’lon qilgandi.
Avvalroq Qo‘shma Shtatlar Rossiyaning Vashingtondagi elchixonasining 10 nafar xodimini mamlakatdan chiqarib yuborishini e’lon qildi, ular orasida Amerika tomoniga ko‘ra “Rossiya razvedka xizmati vakillari” bor.
Bundan tashqari, Qo‘shma Shtatlar Rossiyadan kelgan 32 nafar jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan yangi sanksiyalarni joriy qildi. Amerika kompaniyalariga 2021 yil 14 iyundan boshlab Rossiya Markaziy banki, Moliya vazirligi va Rossiya Milliy boylik jamg‘armasi tomonidan chiqarilgan Rossiya qarz qimmatli qog‘ozlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olish, shuningdek ro‘yxatdagi bo‘limlarga qarz berish taqiqlandi.
Bokirxon Qosimxonov
LiveBarchasi