Munisa Rizayeva nikohdan o‘tdi va to‘y sanasi aniq bo‘ldi
Madaniyat-san’at
−
22 avgust 2023
142584Taniqli xonanda Munisa Rizayeva belaruslik yigit Arseniy bilan nikohdan o‘tdi. Uning yaqinlaridan biri Islom dini odatlariga ko‘ra, nikoh o‘qilayotgani jarayonini tasvirga olib, o‘zining Instagram sahifasiga joyladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, shar’iy nikoh 20 avgust kuni Toshkentdagi “Minor” masjidi imom-xatibi Rahmatulloh Sayfuddinov tomonidan o‘qilgan. Kichik marosimda Sayfuddinovning rafiqasi Maryam Mahmudova ham ishtirok etgan.
Munisa Rizayeva hozircha turmush o‘rtog‘i haqida ko‘p ma’lumot e’lon qilmagan va uning to‘liq suratlarini biror platformadagi sahifasiga joylamagan. Ammo yaqinda qaynonasi va qayni ukasini video orqali ko‘rsatdi.
Ma’lumot uchun, xonandaning fotiha to‘yi 24 iyul kuni bo‘lib o‘tgan va Munisa fotiha to‘yi sovg‘alarini ko‘plab o‘zbek san’ati vakillariga yuborgan edi. Keyin esa, to‘y taklifnomalari tarqatilgan. Taklifnomalarga ko‘ra, katta to‘y marosimi 7 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Manzil esa hozircha sir saqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval xonanda Instagram sahifasidagi jonli efir vaqtida to‘y Toshkentda bo‘lib o‘tishini aytib o‘tgandi.
LiveBarchasi