Mundialga yo‘llanmani qo‘lga kiritishimizga to‘liq ishonaman – Srechko Katanets

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets 2026 yilgi Jahon chempionati saralashi 3-raund uchun qur’adan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

”Barcha o‘yinlar qiyin bo‘ladi, jamoalar teng. Safar e’tibori bilan O‘zbekistonga yaqin masofada joylashgan mamlakat jamoalari tushgani yaxshi bo‘ldi. Bugundanoq tayyorgarlikni boshlashimiz kerak”, deydi Katanets.

Shuningdek, sloveniyalik mutaxassis Qatar bilan o‘zaro hisob-kitob va O‘zbekiston milliy terma jamoasiga to‘liq ishonishi borasida fikrlarini bildirdi.

“Qatar juda yaxshi jamoa, oxirgi Jahon kubogi ishtirokchisi, uzoq vaqtdan beri bir xil tarkibga ega. Ularni hurmat qilamiz. Biroq asosiy e’tibor fokus o‘zimizga qaratiladi. Muxlislardan oxirgi o‘yindagi kabi qo‘llab-quvvatlashlarini so‘rayman. Ular bizni qo‘llasa, albatta yaxshi natijaga erishamiz. Mundialga yo‘llanmani qo‘lga kiritishimizga to‘liq ishonaman, mag‘lubiyatsiz seriyada ketyapmiz. Futbolchilar jarohat olmasdan, o‘z klubida doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishlari juda muhim”, deydi Katanets.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Jahon chempionati saralashi 3-bosqichining A guruhidan o‘rin oldi. Guruhda oq bo‘rilarga KXDR, Qirg‘iziston, BAA, Qatar va Eron terma jamoalari raqiblik qiladi. O‘zbekiston 3-raunddagi yurishini 5 sentyarb kuni o‘z uyida KXDRga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Srechko Katanets

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing