Mundialda ilk durang qayd etildi
Sport
−
02:05 5039 2 daqiqa
Bugun, 13 iyun kuni 2026 yilgi Jahon chempionatining “B” guruhidan o‘rin olgan Kanada hamda Bosniya va Gersegovina terma jamoalari o‘rtasidagi 1-tur uchrashuvi yakunlandi. Bahsda 1:1 hisobidagi durang natija qayd etildi.
Toronto shahridagi “Bimo Fild” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsni argentinalik hakam Fakundo Telo boshqarib bordi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.
Hisob 21-daqiqada ochildi. Bosniya va Gersegovina hujumchisi Yovo Lukich o‘z jamoasini oldinga olib chiqdi. Kanadalik hujumchi Kayl Larin esa 79-daqiqada hisobni tenglashtirib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Uchrashuvning 84-daqiqasida Bosniya va Gersegovina himoyachisi va jamoa sardori Sead Kolashinats jarohat olgani sababli maydonni tark etishga majbur bo‘ldi va shu tariqa Kanada Jahon chempionatlari tarixidagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi.
Mazkur natijadan so‘ng Kanada va Bosniya va Gersegovina terma jamoalari bir ochkodan jamg‘arib, guruh jadvalida mos ravishda birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallab turibdi. Guruhning yana bir uchrashuvida Qatar va Shveysariya terma jamoalari bugun, 13 iyun kuni tunda o‘zaro bahs olib boradi.
Keyingi turda Kanada joriy yilning 19 iyun kuni Qatarga qarshi maydonga tushsa, 24 iyun kuni Shveysariya bilan kuch sinashadi. Bosniya va Gersegovina esa 18 iyun kuni Shveysariyaga qarshi o‘ynaydi, 24 iyun kuni esa Qatar bilan bahs olib boradi.
O‘yinda kiritilgan gollarni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Live
Barchasi