Mulk huquqini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi alohida tuzilma tashkil etiladi
Jamiyat
−
08 noyabr 2019
2534O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 7 noyabr kuni joriy yilda davlat byudjetiga tushumlar prognozi ijrosini ta’minlash, tadbirkorlik va kichik biznesni joylarda yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni aniqlash va ishga solish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar samaradorligi hamda bu boradagi dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazgani haqida xabar bergandik.
Joriy yilning o‘tgan 10 oyida 91 mingta yoki 2018 yilgiga nisbatan 2 barobar ko‘p yangi tadbirkorlik sub’ekti tashkil etildi.
Lekin hali soha rivoji yo‘lida qilinadigan ishlar ham ko‘p.
“Biznes yuritish – 2020” hisobotida ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish, jumladan, yer ajratish, qurilish va mol-mulkni ro‘yxatga olish borasida qulayliklar yaratish kerak.
Shu bois bugungi videoselektor yig‘ilishida tadbirkorlarga yerni onlayn auksion orqali berish, mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha idoralararo elektron axborot almashinuvini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi. Xorijiy tajriba asosida, mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan mustaqil o‘tkazishga mas’ul alohida tuzilma tashkil etish taklifi bildirildi.
Shahnoza To‘ramurotova
LiveBarchasi