Aktrisa Muqaddas Xoliqova koronavirusga chalindi

Madaniyat-san’at

image

O‘zbek milliy akademik drama teatri aktrisasi Muqaddas Xoliqova koronavirusga chalindi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda. 

60 yashar aktrisa ayni vaqtda Toshkent viloyati Zangiota tumanida qad rostlagan yangi shifoxonada davolanmoqda. U ushbu shifoxonaga joriy yilning 9 iyul kuni keltirilgan. QALAMPIR.UZ aktrisaning xolidan xabar olish asnosida u bilan bog‘landi. 

"Allohga shukur, ahvolim yaxshi. Abduraim Abduvahabovning vafot etganini mendan yashirishgan ekan. Hozir eshitdim. Safimiz kamayib bormoqda. Juda yaxshi aktyor, mehribon hamkasb, qadrdon ukam edi. 

Bir haftadan oshdi, yangi shifoxonada davolanyapman. Avval yurak xurujini boshdan kechirgansiz deb olib kelishdi. Holatim yomon emas. Ushbu shifoxonaning Bosh vrachidan tortib, barcha xodimlariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Hayotlarini xavfga qo‘yib, bemorlar salomatligi, hayoti uchun kurashmoqdalar", deydi aktrisa biz bilan suhbatda.

Ma’lumot o‘rnida, 1960 yilda tug‘ilgan Muqaddas Xoliqova 2017 yilning yanvar oyida yurak xurujini boshdan kechirgan edi. 

U teatr sahnasida 80 ortiq rol ijro etgan. "Otello", "Chimildiq", "Qalliq o‘yin", "Oltin devor", "Kelinlar qo‘zg‘aloni", "Neksiya", "Andishali kelinchak", "Ko‘ngil" kabi spektakllar shular jumlasidandir. 

Aktrisa "Sevginator-2", "Qirq tog‘oraning qirq nog‘orasi", "Ko‘ngil ko‘chalari", "Zurriyod" kabi filmlarda esdaqolarli rollar yaratgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2391

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing