Mo‘g‘uliston Prezidenti Xorazmga jo‘nab ketdi
Jamiyat
−
25 iyun
6909Bugun, 25 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan O‘zbekistonda davlat tashrifi bilan bo‘lib turgan Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux Xorazm viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda UzA xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent xalqaro aeroportida Mo‘g‘uliston rahbari va uning rafiqasini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.
Tashrif dasturiga ko‘ra, oliy martabali mehmon Xiva shahridagi tarixiy obidalar, o‘zbek xalqining boy madaniy merosi bilan tanishadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning muzokaralari davomida 14 ta shartnoma va ikki tomonlama hujjatlarni imzolagandi.