Muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarovga faxriy unvon berildi

Jamiyat

image

Bugun, 4 iyun kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarovga “Faxriy doktor” ilmiy unvoni berildi. Bu haqda idora Matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, Nuriddin domla Xoliqnazarovga Islom dini ma’rifatini keng yoyish, yoshlarni ruhiy barkamol etib tarbiyalash va ilmiy-ijodiy faoliyatlarini yuksak e’tirof etib, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy kengashi tomonidan “Faxriy doktor” ilmiy unvoni berilgan.

Unvonni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov topshirgan.

Ma’lumot uchun, Nuriddin domla Xoliqnazarov 1968 yilda Andijon viloyati Asaka shahrida tug‘ilgan. 1992 yilda Buxoro viloyatidagi Mir Arab madrasasi, 1998 yilda Imom Buxoriy nomli Toshkent islom institutini, 2007 yilda esa Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan.

Bugungacha Asaka shahridagi “Ahmadali Maxdum” masjidi imom-xatibi, Toshkent shahri “Oq tepa” jome masjidi imom-xatibi, poytaxtdagi “Ko‘kaldosh”, Andijon viloyatidagi “Sayyid Muhyiddin maxdum” madrasalari o‘qituvchisi, Andijon viloyati bosh imom-xatibi, Toshkent shahar bosh imom-xatibi vazifalarida mehnat qilgan.

U 2021 yilning 19 oktyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimiga saylangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

222

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing