Toshkentda 8 yoshli qiz elektr toki urishidan vafot etdi
Jamiyat
−
25 avgust 2020
11902Kecha, 24 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Shayxontohur tumanida 8 yoshli qizaloq elektr toki urishi oqibatida vafot etganligi haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura rasmiy bayonot berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Shayxontohur tumani Oqtepa mavzesidagi 15-uy oldidagi elektr kabeli ilingan issiq suv quvurida elektr kuchlanishi yuzaga kelgan. Joriy yilning 20 avgust kuni 2012 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qizaloq ushbu quvurining temir ustunini ushlashi oqibatida tok urib, vafot etgan.
Ushbu holat yuzasidan 2020 yil 22 avgust kuni Shayxontohur tumani elektr tarmoqlari korxonasi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 207-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ahrorbek Hayrullayev
LiveBarchasi
26 noyabr