Mudofaa vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Jamiyat

image

Jahongir Murodov va Qahramonjon Zoidov Mudofaa vaziriga o‘rinbosarlar etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq, polkovnik Qahramonjon Obidjonovich Zoidov O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining qurollanish va qurollantirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq, adliya polkovnigi Jahongir Dilshodovich Murodov O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Asadjon Xo‘jayev Raqamli texnologiyalar vazirining Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar