Mudofaa vaziri Prezidentga hisobot berdi
Jamiyat
−
03 fevral 24554 1 daqiqa
Bugun, 3 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Yig‘ilishda Mudofaa vaziri Shuhrat Xolmuhammedovning O‘zbekiston mudofaa-sanoat majmuasi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi hamda milliy armiyani zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisoboti tinglangan.

Muhokamada mudofaa ishlab chiqarishi va muhandis-texnik kadrlar tayyorlash sohasida mamlakatimiz iqtisodiyotining xususiy sektori imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish zarurligiga e’tibor qaratildi.
Shu bilan birga, eng yangi texnika va qurol-yarog‘lardan mohirona foydalanishga qodir harbiy kadrlarni sifatli tayyorlash muhimligi qayd etildi.

Xizmat yig‘ilishi yakunida davlat rahbari tomonidan milliy armiyani zamonaviy qurol-yarog‘ bilan jihozlashni davom ettirish, mudofaa sanoati majmuasini rivojlantirish bo‘yicha qator topshiriqlar berildi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekiston Turkiyaning TUSAS kompaniyasi ishlab chiqaradigan ANKA dronlarini qabul qilib olishi xabar qilingandi.
Live
Barchasi