Muborak tumaniga yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
19 may 2020
9395Bugun, 19 may kuni Ulug‘bek Ernazarov Qashqadaryo viloyati Muborak tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati Matubot xizmati xabar berdi.
Ulug‘bek Ernazarov shu paytgacha Qashqadaryo viloyati transport boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelgan.
Eslatib o‘tamiz, Muborak tumanining sobiq hokimi G‘ayrat Jovliyev joriy yilning 18 aprel kuni lavozimidan ozod etilgandi.
Muborak hokimi vazifasini bajarish hokimning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Sadriddin Xudoyberdiyevich Narziyev zimmasiga yuklatilgandi.
LiveBarchasi