Muborak IIB boshlig‘i ushlandi. U pora bilan ushlangan “zamhokim”ga aloqador

3-sahifa

image

Xabaringiz bor, Qashqadaryo viloyat prokuraturasi tomonidan joriy yilning 6 fevralida Mirishkor tumani hokimi o‘rinbosari U.Yaxshiyev tadbirkordan yer ajratib berish evaziga 80 ming AQSH dollari pora talab qilib, shundan 50 ming AQSH dollarini olgan vaqtida jinoyat ustida ushlangan edi. Holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayblanuvchi qamoqqa olingan.

Qashqadaryo vilyaoti prokuraturasi mazkur holat bo‘yicha o‘tkazilgan surishtiruv yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, Jinoyat ishi yuzasidan o‘tkazilgan dastlabki tergovda ichki ishlar organlari kadrlar zahirasidagi xodim – Umid Yaxshiyev pora olish jinoyatini tanishi Muborak tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i X.Bahriyev bilan oldindan jinoiy til biriktirgan holda sodir etganligi aniqlangan.

Dastlabki tergov organi tomonidan Muborak tuman IIB boshlig‘i X.Bahriyevning sodir etilgan jinoyatga bevosita daxldorligini isbotlovchi yetarli dalillar to‘plangani sabab u kecha, 11 fevral kuni jinoyat ishida gumonlanuvchi sifatida jalb qilinib, shu kuni Jinoyat protsesual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Bundan tashqari, viloyat prokurorining farmoyishiga muvofiq prokuratura va ichki ishlar idoralarining jinoyatchilikning oldini olish va ularning yuzaga kelishiga sabab bo‘layotgan omillarni bartaraf etishga qaratilgan faoliyatini barcha tuman-shaharlarda o‘rganib, ularga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ishchi guruh tuzilgan.

Ishchi guruh tomonidan 2022 yilning 7-10 fevral kunlari Muborak tuman prokuraturasi va ichki ishlar bo‘limining bu boradagi faoliyati hujjatlarni tahlil qilish orqali o‘rganilgan.

O‘rganishlar davomida, tuman IIBning tergovga qadar tekshirish, dastlabki tergov va jinoyatlarni fosh etish bo‘yicha faoliyatida bir qator kamchiliklar, xususan, o‘g‘irlik, bezorilik, talonchilik va firibgarlik kabi jinoyatlarni hisobdan yashirish holatlari aniqlangan.

Jinoyat sodir etilganligini ko‘rsatuvchi holatlar aniqlanganida bunga dahldor bo‘lgan shaxslardan tushuntirish olish, qonunda nazarda tutilgan tartibda dalillarni to‘plash surishtiruv va tergov organlarining ham vakolati ham majburiyati hisoblanadi.

Shu sababli, ishchi guruh a’zolari tomonidan holatga aniqlik kiritish maqsadida jinoyatdan jabrlangan fuqarolar va mazkur xabarlar yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlarini o‘tkazgan IIB xodimlaridan tushuntirishlar olingan.

Jinoyatlarni yashirishga bevosida dahldorligi aniqlangan shaxslar esa jinoiy javobgarlikdan qutilish maqsadida ommaviy axborot vositalarida yolg‘on ma’lumotlar tarqatish orqali aholini chalg‘itishga harakat qilishgan. 

Hozirda, viloyat prokuraturasi tomonidan hisobdan yashirilgan 3 ta o‘g‘rilik, 3 ta bezorilik, 1 ta talonchilik va 1 ta firibgarlik jinoyatlari bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

“Viloyat prokurori hamda viloyat IIB boshlig‘i rahbarligidagi ishchi guruh vaziyatni joyiga chiqqan holda o‘rganib, holat yuzasidan xizmat tekshiruvlari tayinlandi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

482

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing