Mubashshir Ahmad qidiruvga berildi
3-sahifa
−
19 fevral
61388Ijtimoiy tarmoqlarda diniy olim va bloger – “Azon Global” axborot-tahliliy portali asoschisi Mubashshir Ahmad qidiruvga berilgani haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ mazkur xabarlarga aniqlik kiritish maqsadida Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov bilan bog‘landi.
Uning bildirishicha, Alisher Ahmadovich Tursunov (taxallusi “Mubashshir Ahmad”) Jinoyat kodeksining 2442-moddasi (Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) 1-qismi bo‘yicha qidiruvga berilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning avgust oyida ta’sischisi Mubashshir Ahmad bo‘lgan "Azon.uz" sayti o‘z faoliyatini to‘xtatgandi. Shundan so‘ng Alisher Tursunov Turkiyaga ketib, o‘sha yerda “Azon Global” portalida ishini davom ettirayotgan edi. 2023 yilning 28 dekabr kuni esa O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Mubashshir Ahmad Turkiya politsiyasi tomonidan o‘zi yashab turgan uyidan olib ketilib, Istanbul viloyati Chatalja tumanida joylashgan Binkilich deportatsiya markaziga joylashtirilgani ma’lum bo‘ldi. Keyinroq, 2024 yil 21 fevral kuni O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Mubashshir Ahmad deportatsiya markazidan oilasi bag‘riga qaytganini xabar qilgan.
LiveBarchasi