Muammar Qazzofiyning o‘g‘li prezidentlik saylovlarida ishtirok etish uchun ariza berdi
Olam
−
14 noyabr 2021
690810 yil avval jangarilar tomonidan o‘ldirilgan Liviyaning sobiq rahbari Muammar Qazzofiyning ikkinchi o‘g‘li Seyf al-Islom Qazzofiy mamlakatda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun ariza berdi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.
“Sayf al-Islom Qazzofiy prezidentlik saylovlarida nomzod sifatida ro‘yxatga olish uchun hujjatlarni topshirdi”, deyiladi xabarda.
Gazetaning yozishicha, saylovda ishtirok etish uchun hujjatlar mamlakat janubi-g‘arbidagi Sabxa shahridagi Oliy saylov komissiyasi idorasiga topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil bahorida 49 yoshli Seyf al-Islomning vakillari Qazzofiyning o‘g‘li Liviyada bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida o‘z nomzodini qo‘yish niyatida ekanligini ma’lum qilgandi.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning fevral oyi boshida Jenevada BMT homiyligidagi o‘tgan Liviya siyosiy muloqot forumida mamlakatni 24 dekabrga belgilangan umumiy saylovlargacha boshqaradigan o‘tish davri ijroiya hokimiyati saylangandi.
Saylov natijasiga ko‘ra, Prezident kengashining yangi rahbari etib Liviyaning Gretsiyadagi sobiq elchisi Muhammad Menfi saylangandi. Liviyalik tadbirkor va siyosatchi Abdelhamid Dbeyba o‘tish davri hukumati rahbari etib saylandi.
LiveBarchasi