Mo‘’jiza sari 10 bosqich: o‘ninchi bosqich – Magiccity mo‘’jizasi

Biznes

image

Mana, bizni Magic City-ga olib kelgan eng muhim yakuniy bosqichga ham yetib keldik. Bu yerda g‘ayrioddiy va o‘ziga jalb qiladigan narsalar judako‘p bo‘ladi. The Magic jamoasi sizni bosqichma-bosqich Toshkent markazidagi mo‘’jizaviy makonda yig‘ilgan ajoyib bo‘limlar bilan tanishtirib chiqdi. Ertakka olib boradigan eshiklar barchaga – kattalarga ham, bolalarga ham ochiq bo‘ladi. Magic City mo‘’jizasini har bir inson his etib ko‘radi.

Ushbu mo‘’jizaviy mamlakat ko‘chalarida har kuni bayram hukm suradi. Ko‘tarinki kayfiyatning yuqori quvvati qalbingizgacha yetib borib,  u yerda yoqimli xotirada sifatida abadiy qoladi. 

Tashrif buyuruvchilar sayilgohda yil bo‘yi rang-barang tadbirlar o‘tkazilishiga be’malol ishonishlari mumkin.

Har bir kishi mazza qilib vaqtini maroqli o‘tkazishi, shov-shuvli festivallarda, sevimli ertak va multfilm qahramonlari ishtirokidagi kostyumli shoularni zavq bilan tomosha qilishi, qiziqarli kvestlarda ishtirok etishi, mahorat darslarida yangi narsalarni o‘rganishi, konsertlarda raqsga tushishi va musiqa tinglashi, ajoyib salyutlar namoyishidan bahramand bo‘lishi mumkin.

207 900 kv.metrli ulkan mamlakatning har bir burchagi mo‘’jiza bilan burkangan.U o‘zida turli xil shahar va mamlakatlarning tematik ko‘chalarini mujassam etgan holda mehmonlarga Toshkentdan chiqmasdan sayohat qilish imkoniyatini beradi. Yirik va tengi yuqushbu oilaviy ko‘ngilochar markaz butun oilani qiziqarli o‘yin-kulgilar bilan birlashtiradi. Lazerli kinoteatr orqali kinematograf mamlakatiga sayr qilish mumkin. Okeanarium misli ko‘rilmagan dengiz jonzotlari bilan sizni tanishtiradi. Chiroyli mu’jizaviy qasr va kuylovchi favvora esa mehmonlar uchun eng romantik manzaraga aylanadi. Attraksionlar sayilgohi va akvaparkyuqori adrenalin va yangi tuyg‘ularni baxsh etadi. 

Magic City mo‘’jizasi har bir oilani, har bir insonni birlashtirgan holda haqiqiy mo‘’jiza borligiga ishonch paydo qiladi. Sayilgohda butun umringiz davomida yoqimli xotira bo‘lib qoladigan samimiy his-tuyg‘ularni olasiz. Fotoalbomingiz esa yorqin va quvnoq rasmlarga to‘ladi.

 Magic City – bu har bir burchagi mo‘’jizaga burkangan joy!
Hozirgi vaqtda sayilgohda qurilish ishlari olib borilmoqda.
 
Hamkorlik va ijaraga olish uchun quyidagi telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qiling: +998 71 202 77 99


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Magic City

Baholaganlar

24

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing