Muhammadkaliy Abilgaziyev Toshkentga keldi

Jamiyat

image

Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri Muhammadkaliy Abilgaziyev SHHTga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Toshkentga keldi. 

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida mehmonni O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari A.Abduhakimov va boshqa qator rasmiy shaxslar kutib oldi.

Toshkentda 1-2 noyabr kunlari o‘tadigan nufuzli anjumanda SHHTga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashi kun tartibidagi dolzarb masalalar, shuningdek, tashkilot doirasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.

Majlisda Hukumat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashadi.

Muzokaralar yakuni bo‘yicha SHHT doirasidagi munosabatlarni yanada kengaytirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Muhammedkaliy Abilgaziev

Baholaganlar

20

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar