Muhabbat Abdullayeva avtohalokatga uchragan qizi uchun yordam so‘radi
Madaniyat-san’at
−
06 aprel
67720O‘zbek teatr va kino aktrisasi Muhabbat Abdullayeva xalqqa murojaat qilib, yolg‘iz farzandi Tailandda avtohalokatga uchragani, uni davolatish uchun katta mablag‘ kerakligini aytib, yordam so‘radi. Aktrisaning bu haqdagi videomurojaati o‘zining Instagram sahifasiga joylangan.
Ma’lum bo‘lishicha, Muhabbat Abdullayevaning qizi Karina doktoranturada o‘qish uchun Tailandga ketgan. Mototsiklda ketayotganida boshqaruvni yo‘qotib, boshi bilan yiqilgan.
“Qizimning ahvoli og‘ir. Yordamingizga muhtojman. Uning davolanishi uchun kuniga 1000 dollar ketyapti. O‘zimda bunchalik katta mablag‘ yo‘q. Ayni paytda 50 000 AQSH dollariga yaqin mablag‘ juda zarur. Siz aziz saxovatpesha insonlar yordamiga muhtojman. Qo‘lingizdan kelganicha yordamingizni ayamang. Alloh yaxshiliklaringiz ajrini bersin” deyiladi videoda.
Muhabbat Abdullayevani Otabek Mahkamov, Ozoda Nursaidova, Lola Ahmedova, Alisher Uzoqov va boshqa ko‘plab san’at vakillari qo‘llab-quvvatlab, videomurojaatini o‘z storisiga joyladi. Ularning muxlislari ham ona farzandi uchun har narsaga tayyorligini e’tirof etib, o‘z izohlarida Karinaga Allohdan shifo tilagan.
Rayhona Ulkanbayeva
LiveBarchasi