MSN triosi tiklanishi mumkin

Sport

image

“Al-Hilol” jamoasining braziliyalik hujumchisi Neymar jamoadoshlariga kelasi yozda “Inter Mayami”ga o‘tishini ma’lum qildi. Bu haqda “Sky Sport” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Neymar “Al-Hilol” jamoasiga yozda “Inter Mayami”ga o‘tishini ma’lum qilgan. Braziliyalik futbolchi o‘zining “Barselona”dagi sobiq jamoadoshlari Luis Suares va Lionel Messi bilan yana bitta jamoada to‘p tepmoqchi.

Shu bilan birga, Saudiyaning boshqa manbalari Neymar bunday xatti-harakatlari bilan Saudiya Arabistoni professional ligasi rahbarlarini, shuningdek, sport vazirini klubdagi maoshini oshirish uchun gijgijlashga urinayotganini da’vo qilmoqda. Neymarning “Al-Hilol” bilan shartnomasi 2025 yilning iyunida yakuniga yetadi.

Ma’lumot uchun, Neymar 32 yoshda, u Braziliyaning “Santos” klubi tarbiyalanuvchisi bo‘lib, 2009 yildan 2013 yilgacha o‘ynagan. U klub safida jami 139 ta o‘yin o‘tkazib, 72 ta gol urgan va 37 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Jamoa bilan u Libertadores kubogi (2011), Liga Paulista (2010, 2011, 2012), Braziliya kubogi (2010) va Janubiy Amerika Superkubogi (2012) g‘olibi bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Neymar Inter Mayami Al-Hilol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing