MSK siyosiy partiyalarga Prezident saylovida ishtirok etishga rasman ruxsat berdi

Jamiyat

image

Bugun, 14 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida mamlakatdagi partiyalarga Prezident saylovida ishtirok etishiga rasman ruxsat berildi.

MSK Saylov kodeksining 14, 16, 63-moddalariga muvofiq Ekologiya partiyasi, Xalq demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasiga 2021 yil 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etishi uchun ijozat berish to‘g‘risida qarorlar qabul qildi.

Markaziy saylov komissiyasi Raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev tomonidan beshta partiyaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etish uchun guvohnoma topshirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

52

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing