MSK deputatlarga qo‘pollik qilgan komissiya a’zosi bo‘yicha izoh berdi
Jamiyat
−
06 iyul 2021
6978Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini saylov komissiyasi a’zosi, deb tanishtirgan ayolning partiya kuzatuvchilariga qo‘pollik qilayotgani va deputatlarga “o‘lim tilayotgan” holati aks etgan video tarqalgandi. O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi holat yuzasidan izoh berdi.
“Mazkur holat yuzasidan Markaziy saylov komissiyasi tegishli o‘rganish ishlarini olib borayotganini hamda belgilangan tartibda o‘rganish yakunlari bo‘yicha batafsil axborot berilishini ma’lum qilamiz”, deyiladi bayonotda.
Videoda ayolning "jim o‘tiringlar... deputat bo‘lmay o‘llaring", deya atrofidagilarga qo‘pollik qilganini ko‘rish mumkin.
Deputat Rasul Kusherboyevning yozishicha, voqea kecha, 4 iyul kuni Toshkent shahar Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashiga 26-Jarqo‘rg‘on okrugidan deputat saylash jarayonida yuz bergan. MSK voqea 52-Jarqo‘rg‘on saylov okrugining 522-saylov uchastkasida bo‘lgani taxmin qilinayotganini yozmoqda.
LiveBarchasi