Mozgovoy O‘zbekistonga qaytdi
Sport
−
16:58 1375 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Akmal Mozgovoy futbolchilik faoliyatini Toshkentning “Paxtakor” klubida davom ettiradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Mozgovoy “Paxtakor” bilan 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan.
Akmal Mozgovoy 2025 yil yozida Qarshining “Nasaf” jamoasidan BAAning “Bani Yas” klubiga transfer qilingan edi. U Amirliklar jamoasi safida jami 12 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
Akmal shu kunga qadar O‘zbekiston Superligasida 163 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol muallifiga aylangan. “Nasaf” safida xalqaro musobaqalarda 30 ta bahsda ishtirok etib, 5 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan. O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida esa 21 uchrashuvda 1 ta gol urgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Paxtakor” klubi “Nasaf” jamoasi a’zolari Sherzod Nasrullayev va Oybek Bozorovni o‘z safiga qo‘shib olganini ma’lum qilgan edi.
Live
Barchasi